16 Oktabr 2024, 18:30 Oʻzbekiston

Toshkentdagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Mirobod tumanidagi mehmonxonaning qurilish olib borilayotgan binosida yong‘in chiqdi.

Toshkentdagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasida Miran International mehmonxonasidagi qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga 16-oktyabr kuni soat 17:17 da xabar tushgan. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan mas’ullar chiqqan.

Hozirda voqea joyidan tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.

Mashhur yangiliklar