Surxondaryoda 300 mln so‘mga 1,5 gektar yer olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyatida 1,5 gektar yerni 300 mln so‘m evaziga olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida fuqaroga yer maydonini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilgan.
So‘ng ushbu pullar hisobidan 14,2 ming dollar va 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi Toshkentda 3 ming dollar evaziga 100 ming dollar kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi Poytaxt IIBB internetdagi firibgarlikdan ogohlantirdi Savdo doʻkoni qurishga yer ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi Ikki hududda 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi