16 Oktabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

Namanganda novvoyxona 318 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Namanganda novvoyxona 318 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namangan shahrida o‘zboshimchalik bilan 318,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan 2 ta nonvoyxona aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro J.M. va A.Y.larga qarashli novvoyxonalarning gaz qurilmalari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 318,6 mln so‘mlik (122,5 ming metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar