Xitoyda qarovsiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi
Ijtimoiy himoya agentligi oktyabr oyi boshidan beri xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.
Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholamoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan. Yaqin kunlarda RFdan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi TIV: Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar orasida ikki nafar bola ham bo‘lgan Ukrainadagi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi qamaldi Qozog‘istondagi YTHda olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi O‘zbekiston fuqarolari Rossiya armiyasiga yollansa jinoiy javobgarlikka tortiladi