Toshkentda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent shahrida 100 dona qadimiy oltin tangani sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 1966-yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tanga ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897—1911-yillar oralig‘ida zar qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln so‘mni tashkil etadi.
Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy moddiy qimmatliklarni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga olib borib sotishni rejalashtirgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 2 oyga yopildi Toshkentda bank xodimi va uning sherigi fuqaroni 61 ming dollarga chuv tushirdi Aholining sanitar tozalash xizmatlaridan debitor qarzdorligi 585 mlrd so‘mga yetdi Namanganda inspektor va tadbirkor til biriktirib, 117 mln soʻmlik elektrni talon-toroj qildi Ayrim tibbiyot muassasalari fuqarolarga asossiz olingan mablag‘larni qaytaradi