Kuchli taʼsir qiluvchi dorlar savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi
Ruhiyatga kuchli taʼsir qiluvchi dorlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi.
Uchtepa tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va D.T. ushlagan.
Ular fuqaro A.A.ga jami 10 quti “TAWON LIAR” nomli dori vositasini 2,2 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning “Spark” rusumli avtotransport vositasi yuk xonasidan 13 turdagi jami 1,482 ming dona inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ko‘chaning bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi Toshkentda qariyb 44 ming dollarlik dorilar vositalari to‘xtatib qolindi Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in yuzaga keldi Savdo doʻkoni qurishga yer ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarni olib qochganlar qamaldi