Qashqadaryoda “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Ikki hududda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga tushdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bir qator hududlarda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Bekobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.Q.” MChJ avtomaktabi xodimi J.J. 4 nafar fuqaroga goʻyoki Sirdaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomalarini olib berishini aytib, evaziga fuqaro U.J.dan jami 1,8 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro M.A. fuqaro N.O.ga goʻyoki Qashqadaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 300 AQSh dollari va 2,3 million soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1,6 million soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga qamaldi Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri sudlanadi Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi ИИБ биносида вафот этгани айтилаётган фуқаро иши доирасида бир ходим қамоққа олинди