Global ochlik indeksini e’lon qildi
O‘zbekiston mazkur reytingda 5 dan past ball bilan 22-o‘rinni
Global Hunger Index 2024-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini e’lon qildi. O‘zbekiston reytingda 5 dan past ball bilan 22-o‘rinni egalladi.
Joriy yilgi reytingda 127 ta davlat ishtirok etgan. Reytingda yakuniy ball qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda to‘yib ovqatlanmaydigan fuqarolar soni shunchalik kam bo‘ladi. Tadqiqot to‘rtta mezon: 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ozib ketish holatlari, bo‘yi o‘sishdan to‘xtashi, o‘limi va aholining to‘yib ovqatlanmasligi inobatga olinadi.
Reytingda 5 balldan kam to‘plagan 22 ta davlat yetakchilik qildi. Ular qatorida O‘zbekiston ham bor. Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 6,5 foizi to‘yib ovqatlanmaslik tufayli bo‘y o‘sishidan orqada qolmoqda, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 2,4 foizi ozg‘in, 1,3 foizi esa besh yoshga to‘lguncha vafot etmoqda.
Markaziy Osiyoning qolgan respublikalari quyidagi o‘rinlarni egalladi:
- Qozog‘iston – 5,3 ball 25-o‘rin;
- Qirg‘iziston – 6,8 ball 36-o‘rin;
- Turkmaniston – 9,5 ball 50-o‘rin;
- Tojikiston – 13,7 ball 65-o‘rin.
Ushbu mamlakatlarning deyarli barchasi ocharchilik darajasi “past” bo‘lganlar qatorida, faqat Tojikiston “o‘rtacha” toifada.
Ochlik muammosi bo‘lmagan top-10 mamlakat qatoriga Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili, Xitoy, Kosta-Rika, Xorvatiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Quvayt kiradi. Ocharchilik yuqori davlatlarga Janubiy Sudan, Burundi, Somali, Yaman, Chad kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi