15 Oktabr 2024, 15:26 Jahon

Rossiya migrantlarning mamlakatga kirishini qiyinlashtirmoqchi

Rossiyada mehnat muhojirlarini jalb qilishning amaldagi tizimini o‘zgartirish ko‘rib chiqilmoqda.

Rossiya migrantlarning mamlakatga kirishini qiyinlashtirmoqchi

Rossiya mehnat vaziri Anton Kotyakov Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mehnat muhojirlarini jalb qilishning amaldagi tizimini o‘zgartirish ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Kotyakov Rossiya muhojirlarning erkin kirishini taqiqlashi va “sivilizatsiyalashgan model”dan foydalanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. U amaldagi model biznes uchun ma’lum xavflarni keltirib chiqarishi, chunki ish beruvchilar migrantlarni o‘qitish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlarini qoplashini aytdi.

Shu bilan birga, ular xodimning o‘z majburiyatlarini bajarishi va boshqa ishga, masalan, qurilish sanoatidan xizmat ko‘rsatish sohasiga ketmasligi haqida kafolat olmaydi, degan Rossiya mehnat vaziri.

U “sivilizatsiyalashgan model” tashkiliy ishga qabul qilish tamoyili asosida qurilishini taxmin qildi. Bu holda ta’lim, tibbiy ko‘rik va hujjatlarni tayyorlash migrantning o‘z mamlakatida amalga oshiriladi. Shunda ish beruvchi kafolatlar oladi va xorijdan taklif qilingan xodimlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasida saqlab qoladi.

Bo‘lajak xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning shaffof, tushunarli qoidalari shakllantirilishi lozim. Masalan, agar kompaniya xarajatlarni o‘z zimmasiga olsa, xodim ishdan ketgan taqdirda bu summani qaytarish majburiyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi Kotyakov.

Mashhur yangiliklar