15 Oktabr 2024, 14:18 Jahon, Oʻzbekiston

Vengriyada Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi.

Vengriyada Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan byustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu byust Vengriya—O‘zbekiston diplomatik aloqalari tarixida O‘zbekistonga bag‘ishlab ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirilgan.

Vengriyaning “Sharqqa nigoh” siyosati doirasida turkiy davlatlar bilan aloqalar, xususan madaniy hamkorlik rivojlanmoqda. Alisher Navoiyga bugun o‘rnatilgan byust vengr va o‘zbek xalqlari o‘rtasida ming yillar davomida madaniy ko‘prik bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz, deb ta’kidladi Vengriya madaniyat vazirligi davlat kotibi.

Hozirda Tokio, Seul, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Ostona, Boku, Ashxobod, Dushanbe, O‘sh kabi shaharlarda Navoiyga bag‘ishlab monumental sanʼat yodgorligi o‘rnatilgan. Endilikda ular qatoriga Lakitelek shahri ham qo‘shildi.

Mashhur yangiliklar