14 Oktabr 2024, 19:36 Oʻzbekiston

Savdo doʻkoni qurishga yer ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi

Xorazmda yengil tipdagi savdo doʻkoni qurishga yer maydoni ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi.

Savdo doʻkoni qurishga yer ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati ikki tumanda aniqlangan firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam sudlangan uch nafar fuqaro mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisiga bankdan 3 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratib berishini aytgan. Buning evaziga 2 ming 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida 200 dollar qaytarilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Xorazmda yengil tipdagi savdo do‘koni qurishga yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan nazoratchi ushlandi.

Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda savdo majmuasi nazoratchisi tadbirkorga 2 ming 500 dollar evaziga jamiyat hududidan yengil tipdagi savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratib berishini aytgan. U oldindan 12 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar