14 Oktabr 2024, 18:30 Oʻzbekiston

Navoiyda “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilar protsessual tartibida ushlangan.

Navoiyda “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Navoiy shahrida mayning ferma “svet”dan noqonuniy foydalandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “O.P.N.” MChJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 106,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Mashhur yangiliklar