Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarni olib qochganlar qamaldi
Yashnobod tumanida avtoturargohda turgan avtomobillarni olib qochgan shaxslar qamaldi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtoturargohda turgan Damas’ni olib qochgan yigitlar 7 yilda ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2023-yil 12-dekabr kuni tumanning “Tarnovboshi” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ular dastlab fuqaro M.T.ga tegishli bo‘lgan Damas’ni olib qochgan.
Ammo u yo‘lda o‘chib qolgach, yigitlar boshqa Damas’ga o‘tirib, uni ham haydab ketgan. Huquqbuzarlar o‘g‘irlangan mashinada ketayotganda ularni yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ularni Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan aybli deb topdi. Mazkur kodeksning 57-moddasini qo‘llangan holda, yigitlar 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Soʻnggi yangiliklar







