14 Oktabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini di

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, erkak protsessual tartibda ushlangan.

Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini di

Buxoro viloyati Kogon shahridagi “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJga qarashli idora oldida ikki kishi pichoqlandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 13-oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 1971-yilda tugʻilgan A. G. (erkak) oldindan mavjud boʻlgan kelishmovchilik oqibatida tanishlari 1963-yilda tugʻilgan N.A. (ayol) hamda 1995-yilda tugʻilgan U. D. (erkak)ni qasddan oʻldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichogʻi bilan urishi oqibatida U. D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar