Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi
Adliya vazirligi dori vositalari noqonuniy davlat roʻyxatiga olingani sababli Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi.
Adliya vazirligi dori vositalari noqonuniy davlat roʻyxatiga olingani sababli Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2023-yilda 21 ta holatda, 2024-yilning oʻtgan davrida 16 ta holatda dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatiga olinganligi aniqlangan.
Jumladan, “Magne B6”, “Imudon”, “Smekta”, “Duspatalin”, “Elevit” kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari “Magne B6”, “Nest Imudon”, “Smecta”, “Grand Imudon”, “Mer Dusratanim”, “Elemalvit” koʻrinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga noqonuniy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritilib, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatdan oʻtkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish lozimligi, bunday holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi, deyiladi Intellektual mulk departamenti xabarida.
Departament shuningdek, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilishi hamda qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanishini eslatib oʻtgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 199 mln so‘mlik dorilarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanuvchilar ushlandi Buxoro SSBga yangi rahbar tayinlandi Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi