Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi
Bir guruh abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi.

Joriy yil iyul oyida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligi haqida shikoyat qilgan edi. Holat yuzasidan Bilimni baholash agentligi munosabat bildirib, shikoyatga doir ayblovlarni rad etgan.
Bir guruh abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini mazkur holat bo‘yicha sudga berdi. Bu haqda advokat Muxriddin Shamsiddinov ma’lum qildi.
Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga “qamaladi” kabi) savollar tushgan. Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qatiy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi, deb yozadi advokat.
Shuningdek, Muxriddin Shamsiddinov 11-oktyabrdan advokat sifatida ishga kirishganini va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida bo‘lib turganini bildirgan. Bundan tashqari, u ish bilan tanishish va OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etishini ham ma’lum qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi Romitan tumani hokimi o‘rinbosari firibgarlikda ayblanmoqda Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
Soʻnggi yangiliklar







