12 Oktabr 2024, 15:40 Oʻzbekiston

Toshkentdagi qurilish maydonida 737 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Hozirgi kunda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Toshkentdagi qurilish maydonida 737 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Toshkent shahridagi qurilish maydonida elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan foydalangan MChJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “B.D.” MChJ masʼullari qurilish maydonidagi elektr qurilmalarini shartnomalarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 737,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar