O‘zbekiston futzal milliy jamoasi FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi JCh-2024dan keyin FIFA reytingida 10 pog‘ona pastlab ketdi.

FIFA rasmiy sayti futzal bo‘yicha jahon chempionatidan keyin milliy jamoalarning reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 10 pog‘ona pastladi. Xose Venansio Lopes boshqaruvida mamlakatimiz mezbonligida o‘tgan JCh-2024da guruhda qolib ketib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan futzalchilarimiz 11-o‘rindan 21-o‘ringa pastladi. Top-30likda hech bir jamoa bu daraja katta pasayishga uchramagan.
Shunga qaramay, O‘zbekiston futzal jamoasi Osiyoda Eron (6-o‘rin), Tailand (11) va Yaponiyadan (13) keyingi 4-o‘rinda bormoqda.
Chempionlikka erishgan Braziliya 1-o‘rinda bo‘lsa, Portugaliya va Argentina uchlikdan joy olgan. Ispaniyada bir pog‘onaga pastlab 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, qo‘shni Qozog‘iston milliy jamoasi 3 o‘ringa yuqorilab, reytingda beshlikdan joy oldi.
FIFA reytingi. Oktyabr. Futzal.
1. Braziliya
2. Portugaliya
3. Argentina
4. Ispaniya
5. Qozog‘iston
6. Eron
7. Marokash
8. Rossiya
9. Ukraina
10. Fransiya
..21. O‘zbekiston.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi 3 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda? WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi O‘zbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘ona ko‘tarildi FIFA reytingi yangilandi, unda O‘zbekistonning o‘rni qanday?
Soʻnggi yangiliklar







