12 Oktabr 2024, 08:52 •Sport
O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptalari bir necha soatga yetmay sotib bo‘lindi
O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo‘lindi.

10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Eron (0:0) uchrashuvidan keyin kecha, 11 oktyabr kuni sotuvga chiqarilgan O‘zbekiston – BAA uchrashuvi chiptalari bir necha soat ichida sotib bo‘lingan.
O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston – BAA uchrashuvi chiptalari sotuvi iticket sayti orqali amalga oshirilayotgani haqida soat 19:34da ma’lumot bergach, 40 mingdan 500 ming so‘mgacha narxlangan chiptalar ko‘p o‘tmay sotib bo‘lingan.
Har holda, iticket saytida o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar tugagani haqida ma’lum qilingan. 34 ming sig‘imli o‘yingohdagi chiptalarning qanchasi sotilgani ochiqlanmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishi mumkin Bahodir Qurbonov OʻFA prezidenti etib saylandi Futzal bo‘yicha O‘zbekiston MTJ yangi bosh murabbiy tayinlandi O‘FA 4 klubga qarzlarini yopish uchun muddat belgiladi
Soʻnggi yangiliklar

Farg‘onada Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi
21 Aprel 2025, 23:24
Toshkentda ikki kishini 40 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan xorijlik qo‘lga olindi
21 Aprel 2025, 17:29
O‘zbekistonda dollar arzonlasha boshlaydi
21 Aprel 2025, 16:19
Shavkat Mirziyoyev Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
21 Aprel 2025, 16:01
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin
21 Aprel 2025, 15:50
Toshkentda bir nechta avtomobilni urib yuborgan Gentra yoʻlovchilari qoʻlga olindi
21 Aprel 2025, 14:42
Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
21 Aprel 2025, 13:57
Toshkent aeroportida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kutib olinishi munosabati bilan bir nechta reyslar vaqti oʻzgaradi
21 Aprel 2025, 13:53