11 Oktabr 2024, 19:24 Jahon

Qozog‘istonda harorat 10 darajagacha sovib ketishi mumkin

Qozog‘iston markazi va sharqida qor yog‘ishi hamda yo‘llarda muzlash holati kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Qozog‘istonda harorat 10 darajagacha sovib ketishi mumkin

Qozog‘iston 12-14-oktyabr kunlari Arktika havo oqimining markazida qoladi, mamlakatning katta qismida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.

Respublika markazi va sharqida ko‘rish masofasi yomonlashishi, qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlash holati kuzatilishi prognoz qilingan. Janubi va janubi-sharqda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishini mumkin.

Shuningdek, respublika bo‘ylab shamol kuchayishi, tunda va ertalab tuman tushishi prognoz qilingan. Faqatgina Qozog‘istonning g‘arbiy qismida antisiklon ta’sirida havo kam bulutli bo‘ladi, biroq tunda harorat 5, 10 darajagacha pasayadi.

Qolgan hududlarda tunda harorat 2 va 10 darajagacha soviydi, janubiy hududlarda esa tunda 5, 10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘iston shimolidagi Petropavlovsk shahrida esa allaqachon qor yog‘gan.

Mashhur yangiliklar