11 Oktabr 2024, 14:23 Oʻzbekiston

Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi

Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xo‘jayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 3000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Taxtako‘pir tumanida fuqarolar I.A. va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar