11 Oktabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

Toshkentda Matiz va Spark to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahri Olmazor tumanida Spark va Matiz avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 10-oktabr kuni soat 23:30 atrofida Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan.

20 yoshli I.T. Matiz avtomashinasida ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. So‘ngra yo‘l ajratuvchi beton to‘siqqa urilib, 40 yoshli B.Q. boshqaruvidagi Spark avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Spark haydovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Spark ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga hamda Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Mashhur yangiliklar