9 Oktabr 2024, 19:24 Oʻzbekiston

Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi

9-oktyabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kg paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi.

Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi

Hukumat tomonidan 9-oktyabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu narx aholi daromadlarini oshishiga ham xizmat qiladi.

Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg paxta terib, 1 mln so‘m ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln oilaviy daromad degani, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tarmoqlarda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov terimchilarga bir kilo paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lanishini aytgan videolavha tarqaldi.

Xabar qilinishicha, qo‘lda terilgan 1 kg paxta xomashyosi uchun 2500 so‘mdan 2000 so‘mi kredit, 500 so‘mi klaster korxonasi hisobidan to‘lanadi.

Mashhur yangiliklar