Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi
Buxoro viloyatida ikki nafar maktab o‘quvchisining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi.
Buxoro viloyati Kogon tumanida yo‘l harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Mazkur YTH 2024 yil 18 mart kuni sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida Kogon tumanida 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar o‘quvchisi halok bo‘lgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.
O‘shanda bir nechta avtobus bolalarni Buxoro shahridagi drama teatriga olib borayotgan bo‘lgan va qoidabuzarlik ortidan ularning biri YTHga uchragan.
Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, halokatga sababchi bo‘lgani aniqlangan.
Kogon shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.
Sud 33 yoshli ayblanuvchini 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi 2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi