9 Oktabr 2024, 14:33 •Oʻzbekiston
Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin
Prezident farmoni bilan davlat oliygohlari hududida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat berildi.
30-sentabr kuni prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Norma xabar qilishicha, farmon bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida:
- 2018−2022-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;
- 2024-yil 1-oktabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi
Soʻnggi yangiliklar
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02