Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Shahrisabz tumanida dehqon xo‘jaligi uchun berilgan 4 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 16 sentabr kuni Qashqadaryo IIB tezkor-qidiruv xizmati, JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Shahrisabz shahrida yashovchi ikki nafar shaxs 2020 yilda Shahrisabz tumani hududidan dehqon xo‘jaligi uchun 30 yil muddatga berilgan 4 gektar yerni 100 ming dollarga sotishini aytib, shundan 126 mln so‘m olayotganda ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatida yashovchi shaxsga sotayotgan yerlariga issiqxona qurish uchun hujjatlar rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxslar protsessual tarzda hibsga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi