Toshkent dengizida baliq ovlaganlar tabiatga 41 mln so‘m zarar yetkazdi
O‘rta Chirchiqda noqonuniy tarzda baliq ovlab, tabiatga 42 mln so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi.

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani, O‘rtabo‘z mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududida olib borilgan reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida noqonuniy ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, huquqbuzarlar jami 116 dona oq sila, tovon baliq, zog‘ora baliq hamda oq qayroq ovlagan. Oqibatda tabiatga 41 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali to‘rlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman sudiga yuboriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi Jizzaxdagi ko‘lda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi Romitan tumani hokimi o‘rinbosari firibgarlikda ayblanmoqda
Soʻnggi yangiliklar







