Qashqadaryodagi gaz “zapravka”da portlash yuz berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi gaz “zapravka”da yongʻin, uning ortida portlash sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 7-oktyabr kuni soat 15:45 da Qarshi tumani Dasht MFY hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Qarshi” avtomobil yoʻlida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan. “Kamaz-512” rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Chaqnash natijasida yongʻin yuzaga kelgan.
Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 16:00 da oʻrab olingan va soat 16:45 da oʻchirilgan.
Yongʻin tufayli shoxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi Qashqadaryodagi xususiy klinikada bemor ayol vafot etdi