7 Oktabr 2024, 09:38 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi.

O‘zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

U 2024 yil 6 oktyabr kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahriga yetib borgan.

Alisher To‘xtayev bu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Diplomat Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, TIV, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, u O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so‘ngra rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mashhur yangiliklar