Xonanda Osman Navro‘zov ham jarimaga tortildi
Qo‘shiqchi Osman Navro‘zov avtomashinasini 197 km/soat tezlikda boshqargani uchun jarimaga tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilida yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarni chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov kecha, 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlarib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.
Bilmasdan videoni storiyesga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar, deydi qo‘shiqchi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi