Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimga tortdi
Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi yuzasidan yana bir bankni jarimga tortdi.
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan Hamkorbank ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘rganishlar davomida Hamkorbank’ning onlayn mikroqarz xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilgani aniqlangan.
Xususan, unda “Onlayn mikroqarz — Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m — Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilgan.
Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritildi, deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, mikroqarz bo‘yicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklamada uning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan.
Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin, qayd etdi qo‘mita.
Yuqoridagilarga asosan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish alomatlari bilan Hamkorbank’ka nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi