5 Oktabr 2024, 08:53 Jahon

Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘ldi

Telegram maʻmuriyati Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar sabab messenjer faoliyatida uzilishlar yuzaga kelganini maʻlum qildi.

Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘ldi

Soʻnggi kunlarda Telegram foydalanuvchilari messenjer faoliyatida bir necha bor uzilishlar yuzaga kelganidan shikoyat qildi.

Telegram messenjeri maʻmuriyati shu kunlarda servis faoliyatida kuzatilgan uzilishlar Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar tufayli yuzaga kelganini maʻlum qildi. Bu haqda kompaniyaning 4-oktyabr kuni eʻlon qilgan bayonotida soʻz boradi.

Yaqin Sharqda, xususan, Isroil, Livan va Eronda yuz bergan voqealar tufayli Telegram misli koʻrilmagan yuklamalarga duch keldi. Oxirgi bir necha oy davomida ayrim foydalanuvchilarda ulanish va mediadan foydalanishda vaqtinchalik muammolar kuzatildi, deyiladi kompaniya xabarida.

Telegram maʻmuriyatining qoʻshimcha qilishicha, barcha muammolar “toʻliq bartaraf etilgan”. “Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deya taʻkidlanadi bayonotda.

Mashhur yangiliklar