4 Oktabr 2024, 15:04 Sport, Oʻzbekiston

Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Shaxmat faxriysi Komil Sindarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.

2022-yildan federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan, bir vaqtning o‘zida Yoshlar ishlari agentligi direktori bo‘lgan Alisher Sa’dullayev federatsiya raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shaxmat faxriysi Komil Sindarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi.

O‘zbekiston 2026-yilda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, bosh vazirning federatsiya raisi etib saylanishi aynan ushbu nufuzli xalqaro tadbirga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mashhur yangiliklar