O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirdi.
Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor taʼkidlaydi, deyiladi bayonotda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi