Navoiyda o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Navoiy viloyatida soxta havola yuborib o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs q‘lga olindi.
Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 650 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi B.E. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan B.E. Telegram guruh va kanallarida “Alif nasiya” nomi ostida soxta havola tarqatib kelgan.
Bunga ishongan jabrlanuvchi ayol S.M. mazkur havola orqali o‘tib, iPhone 15 Pro Max telefon qurilmasini sotib olish uchun 16 mln 650 ming so‘m miqdoridagi kredit rasmiylashtirgan. Ammo pullar uning ruxsatisiz avtomatik tarzda yechib olingan.
Mazkur holat yuzasidan B.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Navoiyda 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi