3 Oktabr 2024, 18:45 Oʻzbekiston

Jahongir Otajonov mashinasida 195 km/soat tezlikda harakatlandi

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov yaqinda harid qilgan Zeekr X avtomobilida 195 km/soat tezlikda harakatlandi.

Jahongir Otajonov mashinasida 195 km/soat tezlikda harakatlandi

Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yuqori tezlikda harakatlandi va buni boshqaruv vaqtida telefonida tasvirga olib, Instagram sahifasiga joyladi. Qo‘shiqchi bir qo‘lida rulni ushlagan holda, boshqasi bilan telefoni orqali tezlik ko‘rsatkichini videoga olgan.

Zeekr qancha tezlikka chiqarkan deyishgandi. Qani ko‘ramiz. Sharoit bor chiqarishga. 195 ga chiqardim, uyog‘iga harakat ko‘p ekan, to‘g‘risi, qo‘rqdim. Balki 200 ga ham chiqar, degan u.

Otajonov soatiga 195 km tezlik bilan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Videoda u piyodalar o‘tish joyidan qariyb 150 km/s tezlikda o‘tgani ko‘ringan.

Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, qoidabuzarlik aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etilgan. Biroq bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda – 110 km/s)ni tashkil etadi.

 

 

Mashhur yangiliklar