3 Oktabr 2024, 08:52 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi

Piskent tumanida ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tayotgan ko‘prik qulab tushdi.

Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi

Toshkent viloyati Piskent tumanida ko‘prik qulab tushgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa kecha, 2 oktyabr kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan.

37 yoshli haydovchi “Hovo” yuk mashinasini boshqarib ketayotib Piskent tumani hududidan o‘tgan Nurafshon-Piskent avtomobil yo‘lining 12-kilometrida joylashgan ko‘prik ustidan o‘tayotganda u qulab tushgan.

Oqibatda yuk mashinasi tirkamasi Polvonov nomli kanalga tushib ketgan. Hodisa sodir bo‘lganda ko‘prik tepasida odamlar bo‘lmagan. Haydovchi ham jarohatlanmagan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda hodisa yuz bergan joyga IIB xodimlari jalb etilgan va xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Mashhur yangiliklar