2 Oktabr 2024, 17:09 Oʻzbekiston

Fuqaroni aylanma yoʻl bilan AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olganlar ushlandi

Toshkent shahrida fuqaroni aylanma yoʻllar bilan AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olgan shaxslar qoʻlga olindi.

Fuqaroni aylanma yoʻl bilan AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olganlar ushlandi

Fuqarolarni xorijiy davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSh dollari va 2,5 mln soʻm pulini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar