Namanganda temiryo‘l ishchilariga har oy 40 kg metallolom olib kelish majburiy ekani aytildi
Pop tumanida temiryo‘l ishchilaridan har oy ishxonaga 40 kg metallolom olib kelish majburiy etib belgilangani haqida xabar tarqaldi.
Namangan viloyati Pop tumanida nomaʼlum shaxs tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ nomiga shikoyat murojaat eʼlon qilindi.
Unda Namangan viloyati Pop tumani temiryo‘lda ishlovchi ishchilardan har oy ishxonaga 40 kg metallolom olib kelish majburiy etib belgilangani aytilgan.
Temiryo‘l yangi qurilgan Pop-Qamchiq-Toshkent yo‘nalishi yo‘l atrofida hech qanday metallolom yo‘q. Har oy 40 kg metallolomni qayerdan olamiz? Qishda sovuqda, yozda issiqda qiynalib ishlab topgan oyligimizdan sotib olishga majbur bo‘lib kelmoqdamiz. Bunga biror chora ko‘radigan vijdonli rahbarlar bormi? Bu ishlarga chek qo‘yish kimning qo‘lidan keladi?, deyilgan murojaatda.
Maʼlum qilinishicha, shikoyatda keltirilgan manzil “Qo‘qon MTU” filialining Qamchiq temir yo‘l masofasiga qarashli bo‘lib, temir yo‘l ustki ehtiyot qismlarini almashtirishdan chiqqan yoki muddati o‘tib bo‘lgan detal-jihozlarni hamda qora metall parchalarini topshirish bo‘yicha korxonaga yillik reja berilgan va bu reja ichki bo‘linmalarga taqsimot qilib berilgan.
O‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib qabul qilish shahobchasiga topshiriladi. Mazkur tadbir doirasida hech qanday ishchi-xodimlarga majburiy yuklama mavjud emas.
Yuqoridagini inobatga olgan xolda xulosa bu murojaatnoma haqiqatga deyarli mos kelmaydi, deyiladi munosabatda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi