2 Oktabr 2024, 14:38 Oʻzbekiston

Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida tormozi ishdan chiqqan KamAZ 7 ta avtomashina bilan toʻqnashdi.

Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida tormozi ishdan chiqqan KamAZ 7 ta avtomashina bilan toʻqnashdi. Viloayt YHXB axborot xiamti hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, YTH kecha, 1-oktyabr kuni soat 18:15 lar atrofida Samarqand shahar hududidan oʻtuvchi M-37A avtomobil yoʻlining 42 km.da sodir boʻlgan. Yuk transport vositasi harakat vaqtida tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelganligi sabab, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 7 ta yengil transport vositalarining ortidan kelib urilgan.

Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar