Toshkentda muddati o‘tgan dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Ph.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzesidagi manzilida joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi