2 Oktabr 2024, 08:17 Jahon, Oʻzbekiston

Isroildagi o‘zbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni shoshilinch ogohlantirdi.

Isroildagi o‘zbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi

Isroil davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot chiqardi.

O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan quyidagilarni so‘radi:

  1. Raketa hujumlari paytida tezlik  bilan bomba boshpanalariga kiring.
  2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
  3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:

• Favqulodda yordam telefonlari :

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

054 485 1397

• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Mashhur yangiliklar