Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi
Shuningdek, u oʻtirgan mashinaning old oʻrindiqlari orasidan vazni salkam 3 kg boʻlgan ov miltigʻining oʻq kapsulalari ham topilgan.
Samarqand viloyati “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va o‘qlar olib o‘tilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 1 dona 4.5 mm pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gazballon, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi