1 Oktabr 2024, 17:38 Oʻzbekiston

Samarqandda AQSHga ishga yuborishini aytib, fuqarodan pul olganlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqandda AQSHga ishga yuborishini aytib, fuqarodan pul olganlar ushlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro Jasur (ismlar o‘gartirilgan) Dilbekning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali AQSh ishga yuborishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar Mirolim va Rustam ikki nafar qo‘shnisi Muxtor va Sardorning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishi evaziga jami 18 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar