Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi
Ma’lum bo‘lishicha, undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan.
MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududdagi qarzdor haydovchilardan 600 million so‘m undirdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan.
Viloyatda 373 nafar fuqaro majburiy ijro harakatlari natijasida 1449 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun qo‘llanilgan 600 million so‘mlik ma’muriy jarimalarni to‘lab berdi. Boshqarma xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani natijasida qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan qarzdorlarga nisbatan ijro harakatlari olib borilmoqda, deydi Gulnoza Dilmurodova.
Ijro harakatlari davomida IIB YHXB bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirning 20 kunida 373 ta avtotransport vositasi ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mazkur avtotransport vositalari egalari o‘zlariga nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni shu kunga qadar to‘lamay kelgan. Jumladan, yakkabog‘lik B.S. Spark avtomobilida 32 marotaba, qamashilik M.D. Cobalt mashinasida 26 marotaba, kitoblik S.Z. ham avtoulovida 20 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan, deydi mas’ul.
Qarzdorlarning avtotransport vositalari xatlanganidan so‘ng, mavjud qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgach, mashinalar egalariga qaytarilgan. Ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi