1 Oktabr 2024, 13:53 Oʻzbekiston

Samarqandlik shaxs o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Fuqaroga o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi.

Samarqandlik shaxs o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Samarqand viloyatida yashovchi ayol P.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 7 mln so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi A.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.S., jabrlanuvchi P.Sh. bilan Telegram orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilgan. So‘ng aldov yo‘li bilan 7 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar