30 Sentabr 2024, 18:37 Jahon

HAMASning Livandagi rahbari halok bo‘ldi

HAMAS harakatining Livandagi rahbari Fath Sharif Abu al-Amin halok bo‘ldi.

HAMASning Livandagi rahbari halok bo‘ldi

Isroil hujumi oqibatida HAMAS harakatining Livandagi rahbari Fath Sharif Abu al-Amin halok bo‘ldi. Bu haqda Al Mayadeen xabar berdi.

Tir shahridagi falastinlik qochqinlar lageridagi Fath Sharif uyiga hujum qilingan. Isroil hujumi oqibatida u bilan birga xotini, o‘g‘li va qizi ham vafot etgan.

HAMAS Livandagi Islomiy qarshilik harakati yetakchisi va harakatning xorijdagi rahbariyati a’zosi Fath Sharif Abu al-Amin uchun qayg‘uradi. U Livan janubiga qilingan hujum paytida o‘zi va oilasiga qarshi qaratilgan terrorchilik operatsiyasidan so‘ng halok bo‘ldi, deyiladi HAMAS bayonotida.

Ba’zi manbalarning xabar berishicha, al-Amin Livandagi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi maktab o‘qituvchilari kasaba uyushmasining rahbari lavozimida ishlagan.

Mashhur yangiliklar