O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi
O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga uch xonali uy beriladi.
O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga prezident sovg‘asi sifatida uch xonali uy beriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, ta’limda sifat va raqobatni ta’minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi. O‘tgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga budjetdan 400 milliard so‘m beriladi.
Ana shu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati oshadi.
O‘quvchilar murrakab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.
Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Prezident sovg‘a qilgan mashinada qoida buzgan bokschi jarimaga tortildi Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga mashina va pul mukofoti berildi Fuqarolarni chuv tushirgan “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Barcha avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini yagona platforma orqali olish mumkin bo‘ladi