30 Sentabr 2024, 12:40 Jahon

Saudiya Arabistonida 200 ga yaqin odam qatl qilindi

Saudiya Arabistonida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida 200 ga yaqin odam qatl qilindi.

Saudiya Arabistonida 200 ga yaqin odam qatl qilindi

Saudiya Arabistonida 2024-yil 198 kishi qatl qilindi. Bu qirollikda so‘nggi 30 yilda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yili Saudiya Arabistonida 170 kishi qatl etilgan, undan oldingi yil esa 196 nafar o‘lim jazosi ijro etilgan. Qirollik uzoq vaqtdan beri ko‘p sonli o‘lim jazosi hukmlarini chiqarayotgani sababli tanqidlar ostida qolmoqda.

Reprieve inson huquqlari tashkiloti vakili buning fonida mamlakat rahbariyati tomonidan e’lon qilingan modernizatsiya yo‘nalishi shunchaki “quruq gap” ekanini aytdi.

Saudiya Arabistonida joriy yilda terrorizmda ayblangan 32 kishi, giyohvand moddalar savdosida ayblangan 52 kishi qatl qilingan. Rasmiylarga ko‘ra, jazoning bunday turi “jamoat tartibini saqlash” uchun xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Saudiyadagi ko‘plab qatl etishlar mamlakatning de-fakto hukmdori, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning so‘zlariga zid kelmoqda.

2022-yilda The Atlantic jurnali bilan suhbatda shahzoda o‘z mamlakatida endilikda o‘lim jazosi faqat qotillik yoki ko‘plab odamlar hayotiga tahdid solish hollaridagina chiqarilishini ta’kidlagandi.

Mashhur yangiliklar