30 Sentabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Latviya prezidenti velosipeddan yiqilib qo‘lini sindirib oldi

“Velosiped mavsumi yakunlandi”, deydi prezident Edgars Rinkevichs.

Latviya prezidenti velosipeddan yiqilib qo‘lini sindirib oldi

Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs velosipeddan yiqilib oʻng qoʻlining bilagi va chap qoʻlining barmogʻini sindirib oldi, deb xabar beradi Delfi portal.

Maʻlumotlarga koʻra, koʻngilsiz hodisa 28 sentabr kuni Rinkevichs velosayohatga chiqqanida sodir boʻlgan. Noqulay yiqilish oqibatida davlat rahbari tibbiy yordamga murojaat qilgan, shifokorlar uning qoʻli singanini aniqlab, gips bogʻlagan.

Velosiped mavsumi yakunlandi. Travmatologiya va ortopediya shifoxonasi jamoasiga u qadar aqlli boʻlmagan mijozga koʻrsatgan yordami uchun katta rahmat, deydi prezident.

Rinkevichsning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha maslahatchisi Martinsh Dregerisning jurnalistlarga maʻlum qilishicha, jarohat davlat rahbarining ish jarayoniga taʻsir koʻrsatmaydi, u oldingidek bemalol yozib, hujjatlarni imzolay oladi. Ta’kidlanishicha, Rinkevichsning keyingi haftadagi kun tartibiga ham hech qanday oʻzgartirishlar kiritilmagan.

Mashhur yangiliklar